Yoriqnoma
Uzum Study o‘quv platformasiga qanday kirish mumkin?
Uzum Study - ta’lim va rivojlanish platformasi bo‘lib, unda siz o‘zingizni qiziqtirgan istalgan kursni o‘rganishingiz, vebinar yoki treninglarga yozilishingiz, shaxsiy va kasbiy ko‘nikmalaringizni bosqichma-bosqich rivojlantirish dasturidan o‘tishingiz mumkin.
Mavjud onlayn kurslarning keng qamrovli katalogi, rejalashtirilgan treninglar, kompaniya hayotidan qiziqarli maqolalar va yangiliklar - bularning barchasini biz sizning noutbukingiz yoki mobil ilovangizda yagona manzilda jamladik.
Login va parolni qanday bilish mumkin?
  • 1
    Saytimizga kiring: study.uzum.com
    Sayt manzilini mobil telefon yoki kompyuterda brauzeringizda kiriting
  • 2
    O‘z loginingizni kiriting
    Kompaniyaning har bir xodimi Uzum Study’ga kirish uchun o‘z shaxsiy login va paroliga ega.

    Login:
    • pasportdagi ismning birinchi harfi (~ belgisisiz)
    • nuqta
    • pasport bo‘yicha familiyasi (~ belgisisiz)
    • nuqta
    • nuqtalar va bo‘shliqlarsiz tug‘ilgan sanasi (kun oy yil)

    Masalan: 1994 yil 10 noyabrda tug‘ilgan xodim Alisher Yo‘ldoshev uchun
    Login quyidagicha bo‘ladi: a.yoldoshev.10111994
  • 3
    O‘z parolingizni kiriting
    Uzum Study’ga birinchi kirish uchun parol aynan sizning loginingiz bilan bir xil bo‘ladi.

    Masalan: 1994 yil 10 noyabrda tug‘ilgan xodim Alisher Yo‘ldoshev uchun
    Parol login bilan bir xil bo‘ladi: a.yoldoshev.10111994

Agar siz Uzum Study’ga kirishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, bizga telegram orqali yozing

Telegram:
@UzumCorpUniversity

This site was made on Tilda — a website builder that helps to create a website without any code
Create a website